«Bu shaxs 1970 yilda tug‘ilgan bo‘lib, avval shunga o‘xshash jinoyatlari uchun sudlangan. Tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari davomida u qo‘lga olindi hamda qamoqqa joylashtirildi. Keyinchalik aniqlanishicha, erkak yaqin vaqt ichida Rossiyadan chiqib ketmoqchi bo‘lgan», - deya xabar berdi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatlar Yekaterinburgning turli tumanlarida 22 yil davomida sodir etilgan. Ta'kidlanishicha, so‘nggi sakkiz yil ichida qariyb 17 ming kishi so‘roq qilingan.

Qurbonlarning aniq soni ochiqlanmayapti, qo‘lga olingan shaxsning shunga o‘xshash boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.