«Men o‘zimni qo‘lga olingan shaxs deb hisoblamayman. Men o‘zimni harbiy asir, deb bilaman», - deya aytib o‘tdi siyosatchi.
Kiyev shahrining Pechersk tumani sudi Saakashviliga ehtiyot chorasi qo‘llash bo‘yicha yig‘ilishni boshladi. Siyosatchining tarafdorlari binoga hujum qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Batkivshchina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning buyrug‘iga ko‘ra qo‘lga olingani haqida ma'lum qilgandi.












