Ma'lum bo‘lishicha, yosh bola tasodifan suvga tushib ketgan va uni oqim oqizib ketgan. Halok bo‘lgan yigit do‘stlarining xabar berishicha, u o‘zini suvga tashlagan va bolani qutqarishga harakat qilgan, biroq, yakunda o‘zi cho‘kib ketgan. 

Xabarlarga ko‘ra, 21 yoshli yigit Novorossiyskka ishlash maqsadida kelgan. Rossiya tergov qo‘mitasining Novorossiysk bo‘yicha tergov bo‘limi ushbu holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.