«Nihoyat, Rossiya avtobozorida savdolar to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanishni boshladi. Mart oyidagi yillik 9 foizlik o‘sish yanvar va fevral oylarida kam savdolar o‘rnini to‘ldirdi hamda birinchi chorakning umumiy ko‘rsatkichini ijobiy yakunlashga asos bo‘ldi. Biroq, mazkur holatni mustahkam trend deb atash uchun bir necha oy mobaynida shunday natijani qayd etish talab etiladi», – deya izohlagan qo‘mita rahbari Yorg Shrayber.
Mart oyida ham Lada brendi bozordagi yetakchiligini saqlab qolgan. Uning o‘tgan yil mart oyiga nisbatan savdo hajmi 13 foizga o‘sib, 25 ming donadan oshgan.
O‘zbekistonning Ravon brendi Rossiya avtobozorida o‘tgan oyda 678 dona mashina sotishning uddasidan chiqqan, yilning birinchi choragida jami 1629ta Ravon avtomobillari sotilgan. Biroq, brendning birorta mashinasi mart oyida eng ko‘p sotilgan avtomobillar Top-25taligiga kira olmagan.
Top-25 ro‘yxatini Kia Rio, Lada Granta, Hyundai Solaris modellari boshqarmoqda.











