Bu qaror 8 aprel kuni Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) kongressi vaqtida qabul qilingan.
Manbaning aytishicha, bu haqda dushanba kuni Manhettenda e'lon qilinadi.
2026 yilgi jahon chempionati tarixda 48 terma jamoa ishtirok etadigan ilk turnir bo‘ladi. Ushbu turnir mezbonligi uchun Angliya, Kolumbiya, Qozog‘iston, Turkiya va Ozarboyjon hamda Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi davlatlar ham da'vogar bo‘lib turibdi.
Turnir mezboni nomi 2020 yilning mayida ma'lum qilinadi.











