Mazkur videoda muftiy Suriyadagi yordamga muhtoj och-yupun bolalar, Rossiya musulmonlarining ularga ko‘rsatayotgan yordami, shu kabi ijobiy xabarlarning RF televideniyesida yoritilmasligi, buning o‘rniga musulmonlarning salbiy tomonlari ko‘rsatilgan ko‘rsatuvlar uzatilishi haqida kuyunchaklik bilan so‘zlaydi.
Shuningdek Rossiya 1 telekanali orqali haftada bir marta uzatiladigan musulmonlarga bag‘ishlangan ko‘rsatuvning efirga uzatilishi to‘xtatilganiga tanqidiy munosabat bildiradi. "Ularga nima yoqmadi - islom, musulmonlar haqida gapirilganimi?", - deydi shayx Ravil Gaynutdin.











