Manbaga ko‘ra, ismi va familiyasini aksiya shartida ko‘rsatilgandek o‘zgartirganini tasdiqlovchi pasportni ko‘rsatgan ilk 5 nafar kishiga 1 grivinga yangi iPhone taqdim etiladi. Aktsiya ishtirokchisi shubhasiz Ukraina fuqarosi bo‘lishi shart, avval pasport bilan suratga tushishi kerak, shundan so‘ng "Allo" do‘konining istalgan bo‘limiga kirib, hujjatning asl nusxasini ko‘rsatishi lozim.
Aktsiyaga 17 oktabr kuni start berildi, u besh ishtirokchining hammasiga yangi qurilma topshirilgunga qadar davom etadi. Tashkilotchilar pasportni tekshirish huquqiga egalar.
Apple kompaniyasining iPhone 7 va iPhone 7 Plus qurilmalari taqdimoti 7 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan. Yangi qurilma sotuvlari 16 sentabrdan yo‘lga qo‘yilgan.











