«Suriya hududida, Tartusda doimiy asosda harbiy-dengiz bazamiz bo‘ladi. Ayni vaqtda shu haqdagi hujjat tayyorlanmoqda. Uni jiddiy muhokama jarayonidan o‘tkazishadi… va biz umid qilamizki, tez orada hujjat ratifikatsiya qilinadi», — degan Pankov.
Suriyaning Tartus shahrida Rossiya floti bo‘lishini ta'minlash bo‘yicha sharoitlarni tayyorlash ishlari 1977 yildayoq boshlangan. Ayni vaqtda Tartusdagi punkt Rossiyaning O‘rta Yer dengizi hududidagi yagona tayanch nuqtasi hisoblanadi.
O‘tgan haftada Rossiya mudofaa vazirligi Suriyaga C-300 tizimi yuborilganini tasdiqlagandi. Ushbu majmua Suriyaning Tartus shahrida joylashgan harbiy-dengiz bazasi va sohil hududidagi Rossiya harbiy-dengiz floti kemalarini havodan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.











