“Jinoyatchilik yo‘li bilan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan moliyaviy operatsiyalar summasi 199,4 milliard grivnani tashkil qilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Davlat moliya monitoringi ma'lumotlariga ko‘ra, tergov davomida (2014 yilning martidan 2016 yilning avgustiga qadar) Ukraina huquqni muhofaza qilish idoralariga 461 material yo‘llangan va 1,52 milliard dollarlik hisob raqamlari bloklab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, Avstriya, Buyuk Britaniya, Latviya, Italiya, Lixtenshteyn, Shveytsariya, Niderlandiya va Kiprda barcha gumondorlarning umumiy miqdori 107,2 million dollar, 15,9 million yevro va 135 million shveysar franklari muzlatilgan.











