"Samolyot uchun Rossiyaga tovon to‘lash haqida gap ketayotgani yo‘q. Biz faqat uzrimizni keltirdik", — deya Yildirim so‘zlaridan iqtibos keltirgan CNN Turk telekanali. 

"Yo‘q, yo‘q, bunday narsa yo‘q", —degan Turkiya bosh vaziri Anadolu agentligi jurnalistlariga. 

Avvalro, Yildirim TRT telekanalida qilgan chiqishida "zarurat bo‘lsa" Turkiya urib tushirilgan Su-24 uchun zararni qoplashi haqida aytgan edi.

Dushanba, 27 iyun kuni Turkiya prezidenti Rejyep Tayip Erdo‘g‘an rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga yo‘llagan maktubida, urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchun kechirim so‘ragani xabar qilingan edi. U, halok bo‘lgan uchuvchi oila a'zolariga hamdardlik bildirgan hamda rasmiy Anqara Rossiya bilan munosabatlarini buzishni xohlamasligini bildirgan edi. 

Rasmiy Kreml Erdo‘g‘an maktubini, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni tiklash va yaxshilash tomon "tashlangan muhim qadam" deya baholagandi.