Ispaniyaning «Barselona» klubi sobiq hujumchisi, hozir MLS’ning «Chikago Fayr» jamoasida to‘p tepayotgan Robert Levandovskini rasmiy saytidagi klub afsonalari bo‘limiga qo‘shdi.
37 yoshli polshalik futbolchi klub tarixida eng sezilarli iz qoldirgan o‘yinchilar ro‘yxatidan joy oldi. Bu bo‘limda, shuningdek, Lionel Messi, Xosep Gvardiola, Diyego Maradona, Yoxan Kroyff va «Barselona»ning boshqa sobiq futbolchilari ham bor. Ro‘yxatda jami 110 ta ism mavjud.
Levandovski Myunxenning «Bavariya» klubidan transfer qilinganidan so‘ng 2022-yildan beri to‘p tepib kelayotgan «Barselona»ni tark etishini ma’lum qilgandi.
Polshalik futbolchi Kataloniya klubi bilan uch marta Ispaniya chempionligi, bir marta mamlakat Kubogi va uch marta Superkubogini qo‘lga kiritgan. Uning hisobida 193 ta o‘yinda urilgan 120 ta gol bor.
U Polsha terma jamoasi safida 167 ta o‘yinda 89 ta gol urgan (har ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi). Levandovski to‘rtta Yevropa va ikkita Jahon chempionatida ishtirok etgan.











