Kataloniyaning “Barselona” klubi germaniyalik hujumchi Karim Adeyyemi bilan shartnoma imzoladi. 2031 yil 30 iyungacha amal qiladigan shartnomaga ko‘ra Adeyyemi yiliga 6 mln yevro maosh oladi.
Fabritsio Romanoning yozishicha, “Barsa” Dortmund klubiga 22 mln yevro + 7 mln bonus to‘laydi. Xabar qilinishicha, “Borussiya” dastlab 40 mln yevroga yaqin pul so‘ragan, lekin keyinroq “Barselona” taklif etgan mablag‘ga rozi bo‘lgan.
“Men dunyoning eng yaxshi klubiga o‘tyapman va murabbiy hamda muxlislarga “Barselona”ga mos o‘yinchi ekanligimni ko‘rsatishga umid qilaman. Chempionlar ligasini yutish juda muhim, lekin bu yagona maqsad emas. “Barselona”ga har bir bahs muhim va men unga Chempionlar ligasi va boshqa sovrinlarni yutishga yordam bermoqchiman”, - dedi germaniyalik hujumchi.
24 yoshli Karim o‘tgan mavsumda klubi safida 39ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol kiritgan va 6ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Uning “Borussiya” bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyunda yakunlanishi lozim edi.











