«uzA++» reytingi milliy shkala bo‘yicha moliyaviy barqarorlikning eng yuqori bahosi hisoblanib, kompaniyaning sug‘urta qildiruvchilar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarish qobiliyati nihoyatda yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Agentlik bahosiga ko‘ra, reytingning maksimal darajasi «O‘zbekinvest»ning O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi yetakchi mavqei, sug‘urta biznesining barqaror o‘sishi, kapitallashuv darajasining yuqoriligi, salmoqli investitsiya portfeli, korporativ boshqaruv va risk-menejment tizimining samaradorligi, shuningdek, Moody’s va A.M. Best xalqaro reytinglari hamda ISO 9001:2015 sertifikatiga egaligi bilan izohlanadi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning sug‘urta mukofotlari hajmi 27,9 foizga oshib, 1,61 trln so‘mga yetdi, aktivlari 2,57 trln so‘mgacha, sof foydasi esa 55,1 mlrd so‘mgacha o‘sdi.

Kompaniyaning milliy reyting bahosi yuqori xalqaro reytinglar bilan ham mustahkamlanmoqda. 2026-yil iyul oyida Moody’s Ratings «O‘zbekinvest»ning moliyaviy barqarorlik reytingini «Barqaror» prognozi bilan «Ba1» darajasiga oshirdi va bugungi kunda kompaniya O‘zbekistonda bunday darajadagi bahoga ega yagona moliya instituti hisoblanadi. A.M. Best ham kompaniyaning moliyaviy barqarorligini «B» darajasida, emitentning uzoq muddatli kredit reytingini esa «bb» darajasida «Barqaror» prognozi bilan baholagan.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube