Toshkent shahrining Yunusobod tumanidan oqib o‘tuvchi Yuqori Bo‘zsuv kanaliga cho‘milish uchun borgan fuqaro, ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Fojia 21 iyul kuni soat 14:07 da Yuqori Bo‘zsuv ko‘chasi hududida sodir bo‘lgan. Fuqaro cho‘milish maqsadida suvga tushib, ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketgan.
Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qutqaruv xizmatlari va g‘avvoslar jalb etilgan. Olib borilgan qidiruv ishlari natidasida fuqaroning jasadi soat 18:35 da cho‘kkan joyidan taxminan 100 metr uzoqlikdan topilib, tegishli xizmatlarga topshirilgan.
Avvalroq Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida fermer xo‘jaligi hududidagi sun’iy suv hovuzida cho‘milayotgan 14, 16 va 17 yoshli qizlar cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi.











