Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, joriy yilning yanvar–may oylarida mamlakatda jami 190 480 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,3 ming donaga ko‘p ekani qayd etilgan.
Ishlab chiqarilgan avtomobillar rusumlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
-
Cobalt — 69 302 dona;
-
Damas — 35 269 dona;
-
Tracker — 18 519 dona;
-
Onix — 15 157 dona;
-
KIA — 11 128 dona;
-
BYD — 10 120 dona;
-
Haval — 4 038 dona;
-
Chery — 3 156 dona;
-
maxsus yengil avtomobillar — 23 791 dona.
Statistikaga ko‘ra, Cobalt ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha boshqa barcha rusumlarni ortda qoldirgan. Uning ulushi umumiy ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning qariyb uchdan bir qismini tashkil etgan.











