15 iyul kuni imzolangan prezident qaroriga asosan, 2026 yil 1 oktyabrdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulklar va avtomototransport vositalarini garovga yoki ipotekaga qo‘yishga, shuningdek, ularni begonalashtirishga MyGov portali orqali taqiq qo‘yishi va taqiqni bekor qilishi mumkin bo‘ladi.

Bunda taqiq jismoniy shaxslar tomonidan Face-ID vositasida identifikatsiyadan o‘tgan holda, yuridik shaxslar tomonidan esa ularning muassislari (ishtirokchilari, aksiyadorlari) umumiy yig‘ilishining qarori asosida elektron raqamli imzo orqali qo‘yiladi.