22 iyun kuni soat 18:30 atrofida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga «112» tizimi orqali Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasida joylashgan qurilish obektida favqulodda holat yuz bergani haqida xabar kelib tushgan.
Ma’lum qilinishicha, binoning ikkinchi qavati ostida joylashgan yerto‘lada bo‘yoqlash ishlarini olib borayotgan uch nafar ishchining ahvoli bo‘yoqdan ajralib chiqqan hid ta’sirida yomonlashgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar fuqarolarni chuqurdan olib chiqib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng jabrlanganlar tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, qutqaruvchilarning o‘z vaqtida va tezkor harakatlari tufayli uch nafar fuqaroning hayoti saqlab qolingan.











