Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi va Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, fuqaro B.L. fuqaro S.N.ning ishonchiga kirib, uni 4 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga ishga kiritib qo‘yishini aytgan.

U kelishilgan pullar hisobidan 48 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.