Jumladan, u fuqaro S.N.dan uning yaqin tanishi N.Sh.ga nisbatan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida ashyoviy dalil sifatida olingan umumiy bahosi 462,9 mln so‘mlik 292 dona zargarlik buyumlarini qaytarib olib berish va N.Sh.ni jinoiy javobgarlikdan ozod qilib berish evaziga 2 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, Sh.N. Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida 337 ming so‘mlik to‘lovlarni to‘lamaslik maqsadida o‘zini Departamentning Guliston shahri bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasini yoptirib yuborish bilan tahdid qilib, pul to‘lamay kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.











