Qarorga muvofiq, Samarqand, Toshkent va Jizzax viloyatlarida yangi sel-suv omborlari barpo etiladi. Loyihalar orqali Samarqand viloyatida 7 ming gektar, Toshkent viloyatida 2 ming gektar va Jizzax viloyatida 300 gektar yerning suv ta’minotini yaxshilash rejalashtirilgan. Shuningdek, qo‘shimcha yangi yer maydonlari ham o‘zlashtiriladi.

Hujjatda sel-suv omborlarini qurish, suv zaxiralarini ko‘paytirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish belgilangan. Ayrim loyihalar “Agrobank” ATB mablag‘lari hamda xususiy sektor ishtirokida moliyalashtiriladi.

Qarorda sel-suv omborlari atrofida turistik-rekreatsion zonalar tashkil etish, baliqchilikni rivojlantirish va qo‘shimcha daromad keltiruvchi faoliyatlarga ham ruxsat berilishi nazarda tutilgan.