Ma’lum qilinishicha, sel-suv toshqini xavfi Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining ayrim tumanlari hamda shaharlarida kuzatilishi mumkin.

Jumladan, Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlari xavfli hududlar qatoriga kiritilgan.

Shuningdek, Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari, Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari, Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonabod shahrida ham sel hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zgidromet tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar hamda mazkur hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Bundan tashqari, respublika bo‘yicha ayrim hududlarda kuchli yomg‘irlar natijasida yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjudligi qayd etildi.