Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,5 ming donaga oshgan bo‘lib, avtoishlab chiqarish sohasida ijobiy o‘sish dinamikasi qayd etilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar rusumlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Cobalt — 6 993 dona;
Damas — 3 628 dona;
KIA — 2 298 dona;
Onix — 1 974 dona;
Tracker — 1 900 dona;
BYD — 1 352 dona;
Haval — 1 135 dona;
Chery — 757 dona;
maxsus yengil avtomobillar — 2 062 dona.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ishlab chiqarish hajmida Cobalt yetakchilik qilgan bo‘lsa, Damas va KIA rusumlari ham yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi ichki bozor talabining saqlanib qolayotgani hamda eksport imkoniyatlarining kengayayotgani bilan izohlanmoqda.