Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan raqamlarga ko‘ra, 2025 yilda mamlakat iqtisodiyoti hajmi joriy narxlarda sezilarli oshgan. YaIM ko‘rsatkichi 2021–2025 yillar kesimida izchil o‘sish tendensiyasini ko‘rsatmoqda.
YaIM hajmi (joriy narxlarda):
- 2021 yil — 861,2 trln so‘m;
- 2022 yil — 1 041,9 trln so‘m;
- 2023 yil — 1 261,8 trln so‘m;
- 2024 yil — 1 535,4 trln so‘m;
- 2025 yil — 1 849,7 trln so‘m.
Shu davrda YaIMning nominal hajmi yildan yilga ortib borgan:
- 2022 yilda +180,7 trln so‘m;
- 2023 yilda +219,9 trln so‘m;
- 2024 yilda +273,6 trln so‘m;
- 2025 yilda +314,3 trln so‘m.
Qayd etilishicha, 2025 yilda iqtisodiy o‘sish sur’ati 7,7 foiz bo‘lib, bu iqtisodiyotda ishlab chiqarish va xizmatlar faolligi saqlanayotganini anglatadi.










