Toshkent shahar IIBB ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2 yanvar kuni Yunusobod tumani 13-mavze hududida fuqaro B.G. mast holatda fuqaro O.R. ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinasiga shikast yetkazgan.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida B.G. ushlangan.
Mazkur holat Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv jarayoni Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan shaxsan nazoratga olingan.











