Bu nominatsiya Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston tomonidan “Qirg‘iz, qozoq va qoraqalpoq o‘tovlarini tayyorlash bo‘yicha an’anaviy bilim va ko‘nikmalar” nomi ostida qo‘shma tarzda taqdim etilgan edi

Qoraqalpoq o‘tovi ko‘chmanchi turkiy xalqlar uyining noyob namunasi sifatida xalqning dunyoqarashi, mehnat va turmush tarzi, mehmondo‘stligi, estetik qarashlari hamda milliy me’morchiligi uyg‘unlashgan madaniy ramz sifatida e’tirof etildi. 

Qoraqalpoq o‘tovining YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilishi Qoraqalpog‘iston uchun ham, umuman O‘zbekiston uchun ham katta ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ahamiyatga ega ekani ta’kidlanmoqda. 

Mazkur qaror so‘nggi yillarda O‘zbekiston va YuNeSKO o‘rtasida madaniy merosni muhofaza qilish va targ‘ib etish sohasida izchil rivojlanayotgan hamkorlikning navbatdagi samarasi bo‘ldi.