Farmon matniga ko‘ra, gap Rossiyaga mehmon sifatida yoki xizmat safari bilan kelayotgan, sayyoh sifatida tashrif buyurayotgan, shuningdek, ilmiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy yoki sport tadbirlarida ishtirok etish uchun kelayotgan shaxslar to‘g‘risida ketmoqda.
Hujjatdan shuningdek ma’lum bo‘lishicha, Rossiyaga o‘qish, mehnat qilish yoki jurnalist sifatida faoliyat yuritish uchun kelayotgan Xitoy fuqarolari uchun viza talab etiladi. Shu bilan birga, Xitoy pasporti egalari Rossiya hududidan tranzit o‘tib ketsa, ularga viza kerak bo‘lmaydi.
2025 yil sentabr oyida Xitoy Rossiya fuqarolari uchun o‘xshash tarzda, 12 oylik sinov muddatiga mo‘ljallangan vizasiz rejimni joriy etgan edi. RF fuqarolari Xitoy hududida ham 30 kundan ortiq bo‘la olmaydi. Sayohat uchun ulardan faqat amaldagi xorijga chiqish pasporti talab etiladi.
Bungacha rossiyaliklar faqat ayrim hududlarga — masalan, Hongkong va Makaoga vizasiz bora olardi. 2023 yildan boshlab esa Moskva va Pekin o‘rtasida vizasiz guruhli sayohatlar to‘g‘risida bitim amal qilib kelayotgan edi.











