Ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon shahrining Mustaqillik mahallasida joylashgan 6-sonli ko‘p qavatli uy oldida voyaga yetmagan fuqaro E.M. Andijon shahri Sho‘rbuloq mahallasida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan Yu.D. bilan o‘zaro kelishmovchilik sabab janjallashgan.
Yu.D. bilan birga kelgan dugonalari — voyaga yetmaganlar Sh.B., A.I. va I.M. mojaroga aralashgan va natijada E.M. tan jarohati olgan. Hozirda hodisa bo‘yicha Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, voyaga yetmaganlar Yu.D., Sh.B., A.I. va I.M.ning ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.











