"Keksalar haftaligi" va "Keksalar uchun turizm oyligi" doirasida pensionerlarga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishi uchun poyezd chiptalariga 20 foiz chegirma e’lon qilindi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabariga ko‘ra, chegirma 2-8 oktyabr kunlari va 1-30 noyabr kunlari barcha mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlarning (yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlaridan tashqari) temiryo‘l chiptalari uchun amal qiladi,
Chegirma O‘zbekiston fuqarolariga – 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan katta erkaklarga amal qiladi.
«Chiptalarni eticket.railway.uz onlayn platformasi orqali elektron tarzda hamda barcha chiptaxonalardan sotib olishingiz mumkin», - deyiladi rasmiy xabarda.











