Toshkent metropoliteni uchun zamonaviy harakat tarkiblarini xarid qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 20 iyul kuni metro parki yana 3 ta yangi poyezd bilan to‘ldirildi.
Bu joriy oyda olib kelingan ikkinchi partiya hisoblanadi. Avvalroq, 12 iyul kuni ham poytaxt metrosiga 3 ta zamonaviy harakat tarkibi yetkazib berilgan edi.
Natijada 2026 yil davomida xarid qilingan poyezdlar hisobidan Toshkent metropolitenidagi zamonaviy harakat tarkiblari soni 47 taga yetdi.
Ma’lum qilinishicha, 2026 yil sentyabr oyiga qadar yana 8 ta to‘rt vagonli harakat tarkibini xarid qilish rejalashtirilgan.
Ushbu yangilanishlar yo‘lovchilarga xavfsiz, qulay va sifatli metro xizmatini ko‘rsatish, poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish hamda metro vagon parkini bosqichma-bosqich to‘liq yangilash maqsadida amalga oshirilmoqda.











