Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, hafta davomida O‘zbekiston hududida havo harorati yanada ko‘tarilib, kunduzi +41…+44 darajagacha yetishi kutilmoqda.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning ta’kidlashicha, bunday yuqori harorat sharoitida vagonlarning metall konstruksiyalari va tashqi qoplamasi kuchli qiziydi. Bu esa sovitish tizimlarining samaradorligi vaqtincha pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bois ayrim yo‘lovchi vagonlarida belgilangan haroratni bir maromda saqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.

Kompaniya yuqori havo harorati sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘rab, tushunish va sabr-toqat uchun minnatdorlik bildirdi.