Viloyat YHXB qayd etishicha, Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirida katta yo‘lda Cobalt rusumli avtomobilni boshqarib yurgan 13 yoshli fuqaro aniqlangan. Voyaga yetmagan haydovchi mashinani boshqarishiga otasi ruxsat berganini bildirgan.

Bolaning otasi esa o‘g‘li yolg‘iz bo‘lmaganligi, o‘zining yonida ekanligi sababli unga mashina boshqaruvini berganini ta’kidlagan.

Ushbu shaxsga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.