Toshkent va Nurafshon shaharlarini bog‘lovchi avtomobil yo‘lida joriy yilning 21 iyul kuniga qadar transport vositalarning harakati to‘liq cheklandi.

Toshkent viloyati YHXB xabariga ko‘ra, bunga yo‘ldagi inshootlarning qurilishi sabab bo‘lgan.

«Toshkent - Nurafshon (D002) avtomobil yo‘lining 4 kilometridan 9-kilometriga qadar transport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi», deyiladi xabarda.

Shu sababli YHXB ushbu yo‘ldan harakatlanuvchi haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.