Ukraina hukumati Pokrovsk shimolidagi aholi maskanlaridan oilalarni majburiy evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati boshlig‘i Vadim Filashkin ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belozerskoye shahri, Blagodat, Bokovoye, Veseloye Pole, Vesna, Mirovoye, Novovodyanoye, Viktorovka, Berovka, Kopani, Novoviktorovka, Novoukrainka, Stepi Dobropolskoy qishloqlari va Svyatogorovka posyolkalari aholisi evakuatsiya qilinmoqda.

Pokrovsk shahri Ukraina armiyasi uchun muhim logistik tugun hisoblanadi.

Avvalroq turli manbalar Rossiya kuchlari Pokrovsk shimolida birdaniga 10 kilometr masofaga ilgarilagani, shahar deyarli o‘rab olinganini aytgandi.