Andijon MIB xodimlari qarzdor erkakni ushlash uchun «maxsus uchrashuv» uyushtirdi.
Qidiruvdagi erkak 2 yildan buyon voyaga yetmagan farzandlarini boqishdan bo‘yin tovlab kelgan va qarzdorlik 59 mln so‘mga yetgan.
MIB xodimlari telegram messenjerida u bilan ayol kishi nomidan romantik yozishma boshlagan. So‘ngra qarzdor erkak uchrashuvga taklif qilingan.
Alimentchi ota «uchrashuv» uchun kafega kelgan vaqtda qo‘lga olingan.











