“Kun tartibi uchun yana bitta masala – klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi. Mayli, [to‘qimachilik klasterlarining] davlat oldida qarzi bor, kredit qarzi bor, lekin fermerlarning oldida ham juda katta qarzi bor. Uning oqibatida fermer soliq to‘lamayapti, oylik berolmayapti, kreditini yopolmayapti”, – dedi Qudbiyev.
Yig‘ilishda ishtirok etgan iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov ham klasterlarning fermerlardan qarzdorligini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili iyulda paxta-to‘qimachilik klasterlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish choralari e’lon qilingan edi.











