Bosh prokuratura huzuridagi departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, Davlat kadastrlari palatasi G‘ijduvon tumani filiali shu’ba bosh mutaxassisi A.I. fuqaro O‘.J.ga “Bobur” MFY hududidagi 5 sotix yer maydoni go‘yoki tuman hokimligi zaxirasida turganini aytib, ushbu yer maydonini 4 000 AQSh dollari evaziga uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, oldindan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.