Yaqin Sharqda tobora keskinlashayotgan harbiy-siyosiy vaziyat munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarga quyidagilarni qat’iy tavsiya qildi:

- Harbiy va boshqa davlat obektlariga yaqinlashmaslik, ularni foto va video suratga olmaslik;

- Odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroqda bo‘lish;

- Mahalliy hukumat organlari tomonidan berilayotgan ko‘rsatmalarga so‘zsiz rioya qilish, zarurat tug‘ilganda maxsus boshpanalarga yoki xavfsiz joylarga yo‘l olish.

TIV zarurat tug‘ilganda O‘zbekistonning Eron va Isroildagi diplomatik vakolatxonalari bilan bog‘lanishni so‘radi.