Musulmonlar idorasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar amalga oshiriladi.
Tashish ishlariga Uzbekistan Airways samolyotlari jalb qilingan.
Ma’lumot uchun, 2025 yildagi Haj mavsumi 4 iyundan 9 iyungacha, ya’ni Zulhijja oyining 8 kunidan 13 kunigacha davom etdi. Unda jami 1,6 milliondan ortiq ziyoratchilar qatnashdi. Xususan, O‘zbekistondan 15 ming fuqaro muqaddas ziyoratni amalga oshirish uchun Makka shahriga yetib borgan.











