TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin rahbarlik qildilar.

Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama kun tartibining dolzarb mavzulari muhokama qilindi.

Shuningdek, MDH, ShHT, BMT tuzilmalari va "Markaziy Osiyo – Rossiya" formati doirasida ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.