Viloyat IIB JXX YHXB ma’lum qilishicha, 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi T.X. Damas’da oraliq masofa saqlamasdan, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan traktorning orqa qismiga borib urilgan.

Hodisa oqibatida Damas haydovchisi olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.