Bilimni baholash agentligi 2023-2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unda quyidagilar aks etgan:
- Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
- Hududga kirish joylari;
- Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
- Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
- Bino raqami;
- Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
- Joylarning Google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).
Test sinovlari 1 avgustdan 13 avgustga qadar ikki smenada:
- 1-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
- 2-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.
Test sinovi to‘liq videokuzatuv ostida translatsiya qilinadi va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.











