Yil fotosurati. Yevgeniy Maloletka
Yevgeniy Maloletka va uning The Associated Press nashridagi hamkasbi, videojurnalist Mstislav Chernov Rossiya armiyasi qamali vaqtida Mariupolda ishlagan. Ular boshqa ishlar qatorida rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilgan shahar tug‘uruqxonasidan reportajni ham taqdim etishgandi. Aynan shu suratlardan biri World Press Photo’ning asosiy nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Fotosuratda — zarba oqibatida yaralangan 32 yoshli Irina Kalinina aks etgan. Uning chaqalog‘i jonsiz tug‘ilgan, o‘zi ham biroz o‘tib vafot etgan. Tug‘uruqxonaga zarba oqibatida jami uch kishi halok bo‘lib, 17 kishi yaralangan. Rossiya bu jinoyat uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.
Yil fotohikoyasi. Mads Nissen
Daniyalik fotograf Mads Nissen «Yil fotohikoyasi» nominatsiyasida World Press Photo g‘olibi bo‘ldi. U toliblar boshqaruvidagi Afg‘oniston hayotini tasvirga olgan. Uning suratlaridan birida — oilasi ochdan o‘lmasligi uchun buyragini 3,5 ming dollarga sotishga majbur bo‘lgan 15 yoshli bola aks etgan. Nissenning yana bir asari — AQShning Kobuldagi sobiq elchixonasi fotosidir, uning devorida endi «Allohdan o‘zga iloh yo‘q» yozuvi tushirilgan.
Nissen 2020 yilda, koronavirus pandemiyasi davrida San-Pauludagi keksa kishilar pansionatida olingan surati uchun World Press Photo Gran-prisini qo‘lga kiritgandi.
Mads Nissen / Panos Pictures dlya Politiken
Mads Nissen / Panos Pictures dlya Politiken
Uzoq muddatli loyiha. Anush Babajanyan
Armanistonlik fotograf Anush Babajanyan Markaziy Osiyodagi suv tanqisligi mavzusiga bag‘ishlangan fotosuratlari seriyasi bilan «Uzoq muddatli loyiha» nominatsiyasida World Press Photo g‘olibiga aylandi. Sug‘orish va melioratsiya texnologiyalari samarasizligi, suv ta’minoti infratuzilmasi eskirgani, suv resurslari notekis taqsimlangani tufayli O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston u yoki bu darajada aziyat chekmoqda. Babajanyan suv tanqisligi ushbu mamlakatlar aholisi hayotiga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatib beradi.
Qozog‘iston


Qirg‘iziston

O‘zbekiston
Anush Babajanyan / VII Photo; National Geographic Society / World Press Photo 2023
Anush Babajanyan / VII Photo; National Geographic Society / World Press Photo 2023
Anush Babajanyan / VII Photo; National Geographic Society / World Press Photo 2023
Tojikiston










