Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Liz Trass ilk nutqida asosiy e’tiborni qaysi sohalarga qaratishini ma’lum qildi

Trassning so‘zlariga ko‘ra, u iqtisodiyotga va soliqlarni pasaytirishga yetarlicha e’tibor qaratadi. U shuningdek, tibbiyotni isloh qilmoqchiligi va sog‘liqni saqlash sohasini mustahkam asosga qo‘yishini aytdi.

Bundan tashqari, Trass energetik inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga va’da berdi. 

«Joriy haftada elektr energiyasi to‘lovlarini to‘lash va kelgusidagi energiya ta’minoti bo‘yicha choralar ko‘raman», — dedi Buyuk Britaniya bosh vaziri. 

Shu bilan birga, Liz Trass Buyuk Britaniya butun dunyoda erkinlik va demokratiyani himoya qilishini aytdi. 

"Dunyo xavfsiz bo‘lmasa mamlakatimiz xavfsiz bo‘lmasligini anglagan holda ittifoqchilarimiz bilan birgalikda butun dunyoda erkinlik va demokratiyani himoya qilamiz", - dedi u.