Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shaftoli eksporti o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda qariyb 16 ming tonnaga oshgan.

2022 yil 7 oyi davomida O‘zbekiston shaftoli eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilyapti – 45,5 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Qirg‘iziston – 4,6 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 2,7 ming tonna;
  • Turkmaniston – 412 tonna;
  • Belarus – 241 tonna;
  • Mo‘g‘uliston – 7,1 tonna;
  • BAA – 4 tonna.