Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, mazkur xabarni o‘rganish yuzasidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganishda, Chilonzor tumanidagi maktablarning birida forma sotib olish bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan hech qanday tavsiya berilmagani va tilxat olinmagani, aslida bu maktab direktorining shaxsiy tashabbusi ekani, biroq bu jarayonga yolg‘ondan prokuraturani aralashtirgani aniqlangan.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmaslik haqida maktab direktori rasman ogohlantirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov yagona maktab formasi 2025 yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etib borilishi haqida ma’lum qilgandi.
Yangi o‘quv yili - 2022 yil sentabr oyidan boshlab ota-onalar yagona maktab formasini xarid qilishga majburiy talab qo‘yilmaydi.











