Ma’lum qilinishicha, voqea O‘rta Chirchiq tumanida yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bilan bog‘liq. Aytilishicha, aniqlangan holat bo‘yicha tadbirkorga 276 mln so‘m jarima qo‘llangan bo‘lib, prokurorlik xodimi ushbu jarimani vakolatli tanishlari orqali “bartaraf qilib berish”ni va’da qilgan.

Shuningdek, u hozirda Namangan shahridagi nufuzli oliygohda o‘qiyotganini aytib, talab qilingan mablag‘ni aynan Namangan viloyatiga olib kelib berishni so‘ragan.

DXX xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda devonxona noziri 9 ming AQSh dollarini Namangan viloyatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan mazkur shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi hamda 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, devonxona noziriga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

DXX fuqarolarni bunday qonunbuzilish holatlariga duch kelganda 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishga chaqirdi. Shaxs ma’lumotlarining sir saqlanishi kafolatlanishi ta’kidlandi.