Mamlakat prezidenti Milosh Zeman aynan Fialaga hukumatni shakllantirishni topshirgandi.

“Biz hukumat darajasida Chexiya uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olishga tayyormiz”, deb aytgan Fiala.

17 noyabrda prezident Zeman bosh vazir lavozimiga yagona nomzod bo‘lgan Fialani Pragadagi harbiy gospitalda qabul qiladi. Zeman hozirda ushbu shifoxonada davolanmoqda. Chexiya prezidenti yangi hukumat tarkibi bilan tanishtiriladi. U avvalroq bo‘lg‘usi vazirlar bilan ular tayinlangungacha uchrashish istagini bildirgan.

Fiala prezident yangi hukumatni tayinlash jarayonini cho‘zib yubormasligiga ishonch bildirgan.