Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, joriy yil 20 iyuldan boshlab, yurtimizdagi umumiy ovqatlanish obektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarning soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelar bundan mustasno) ruxsat berildi.
Qayd etilishicha, ushbu tartib 20 iyuldan epidemiologik holatdan kelib chiqib, endi Qashqadaryoda ham amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Qashqadaryo viloyatida Respublika maxsus komissiyasi qaroridan farqli ravishda ovqatlanish obektlari 8:00dan 22:00gacha ishlayotgan edi.











