Qayd etilishicha, Sherzod Ergashevich Ortiqboyev Guliston shahar prokurori lavozimiga tayinlandi. 

Sherzod Ortiqboyev Sirdaryo viloyat prokurorining katta yordamchisi bo‘lib ishlagan.

Ma'lumot uchun, shu vaqtga qadar Bahodir Umarov Guliston shahar prokurori, 2-sektor rahbari sifatida ishlab kelayotgandi. 

O‘z navbatida, Akmalxon Erkinovich Madiyev Sayxunobod tuman prokurori lavozimiga tayinlandi.

Akmalxon Madiyev Toshkent viloyati Chinoz tumani hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.