IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada haydovchi F.N.ning boshqaruvidagi Cobalt avtomashina yo‘lovchilari. 49 yoshli G‘.O. va 43 yoshli D.J.(ayol)lar olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etishgan. 

Bundan tashqari, yo‘lovchi, 26 yoshli I.I. olgan tan jarohatlari bilan Gazli shaharchasi markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Peshku tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.